Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6-mart kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechasi biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va kunning birinchi yarmida yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda kechasi yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda kechasi yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda kechasi yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va kunning birinchi yarmida yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yogʻingarchilik boʻlib, tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
OʻzA