O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Senat raisi Tanzila Norboeva boshqarayotgan tadbirda senatorlar, vazirliklar, idora va tashkilotlar rahbarlari, mas’ul shaxslar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Majlis kun tartibiga 17 masala kiritilgan. Ko‘riladigan masalalardan 9 tasi qonun bo‘lib, ular orasida “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonunlar bor.
Shuningdek, ichki ishlar, tashqi ishlar vazirlarining axboroti eshitiladi.
Bundan tashqari, Senat vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
Senat yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan barcha masalalar haqida onlayn axborotlar bilan saytimiz orqali tanishib boring. Bizni kuzatib boring!
O‘zA