Poytaxtimizda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kuni vakillarimiz uchun sermahsul boʻldi.
Birinchi boʻlib 40 kg. vazn toifasida bellashuvlarga kirishgan Diyoraxon Turgʻunova dast koʻtarish mashqlarida oltin medalga sazovor boʻldi.
Siltab koʻtarish mashqlarida hamyurtimiz kumush medal bilan cheklandi. Ikkala mashq boʻyicha Diyoraxon Turgʻunova 1 ta oltin va 2 ta kumush medalga sazovor boʻldi.
Husinboy Matrasulov (49 kg.)ning chiqishlari ham barakali boʻldi: ikkala mashq boʻyicha oʻz vazn toifasida 1 ta oltin va 2 ta kumush medal. Yana bir sportchimiz Sitora
Koʻpaysinova dast koʻtarishda bronza medaliga egalik qildi.55 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nigora Abdullayeva hamda Jamila Panfilovalar ham musobaqa yakunida har biri 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Musobaqalar davom etmoqda.
Muhammad AMIN (surat) OʻzA