Xitoyda yangi turdagi koronavirusdan xastalanganlar 4515 kishiga yetdi, ularning 106 tasi vafot etgan, deyiladi Xitoy sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi tarqatgan xabarda.
Bir kun avval 2744 kishi xastalikka chalingani va vafot etganlar soni 80 kishini tashkil etgani haqida aytilgan edi.
Bir kunda yana 1771 kishi ushbu virusni yuqtirgani, shuningdek 26 kishi ofat qurboniga aylangani ma’lum bo‘ldi.
Xitoy hukumatning ma’lum qilishicha, 976 kishi og‘ir ahvolda yotibdi, 60 kishiga uyga javob berilgan. Bundan tashqari, yaqinda yana 6973 kishi virusni yuqtirgan.
Ekspertlarning tasdiqlashicha, 2019-nCoV koronavirusi odamdan odamga yuqadi. Kuni kecha, Xitoy kasallikning oldini olish va kasallanganlarni nazorat qilish milliy markazi olimlari 2019-nCoV virusi Uxan shahridagi Xuanan ulgurji bozorida aniqlanganini tasdiqlagan edi.
Bundan tashqari, mazkur virus Chjeszyan viloyatidagi Chjoushan shahrida yashaydigan ko‘rshapalaklar organizmidagi koronavirusga o‘xshab ketishi aytildi.
O‘zA