O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari Qirg‘iziston chegarachilariga ko‘mak berdi

Chegara qo‘shinlari vakilining xabar berishicha, 20 sentabr kuni O‘zbekiston chegarachilari Qirg‘izistonlik hamkasblariga turli buyumlar va aloqa vositalarini O‘zbekistonning Bo‘stonliq, Yangiqo‘rg‘on tumanlari orqali Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Ola-bo‘ka tumaniga olib o‘tishda ko‘mak berdi.
Shuningdek, Andijon viloyati Marhamat tumanida 20 sentabr kuni Janubiy Farg‘ona kanalida Qirg‘iziston fuqarosiga tegishli bo‘lgan sigir ushlangan va ikki tomonlama kelishuvlarga muvofiq, 21 sentabr kuni O‘zbekiston chegara vakillari Qirg‘iziston Respublikasi chegara vakillari huzurida sigirni o‘z egasi J.Aslbekovga topshirdi.
Bundan tashqari, 21 sentabr kuni “Birdamlik-2019” hamkorlik chegara operatsiyasi doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarachilari hamkorligida o‘zbek-qirg‘iz chegarasida patrullik ishi amalga oshirildi.

 

O‘zA