Moskva shahar Dumasidagi 45 ta o‘rinning 20 tasini muxolifatdagi nomzodlar qo‘lga kiritdi

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovlar yakunlariga ko‘ra muxolifatdagi nomzodlar Moskva shahar Dumasidagi 45 ta o‘rinning 20 tasini qo‘lga kiritdi. Hisoblab chiqilgan byulletenlarning 99 foizi natijalari shahar saylov komissiyasi saytida e’lon qilindi.
KPRF (RFKP)dan Mosshahar dumasiga 13 nafar nomzod o‘tdi. 2005 yildan beri ilk bor Mosshahar dumasiga “Yabloko” partiyasining nomzodi kirdi. Saylovda bu partiyaning uch nomzodi va partiya qo‘llab-quvvatlagan yana bir nomzod g‘olib bo‘ldi, deya ta’kidlaydi The Bell nashri. Yana uch nafar “Spravedlivaya Rossiya” nomzodi zafar quchdi.
25 ta o‘rinni mustaqil nomzodlar qo‘lga kiritdi. Mosshahar dumasida “Yedinaya Rossiya“ tomonidan ilgari surilgan nomzodlar yo‘q. Ularning hammasi partiya obro‘si tushib ketgani bois nomzodlarini mustaqil ravishda ko‘rsatishdi. Moskva meri Sergey Sobyanin bo‘lib o‘tgan saylovlarni “so‘nggi yillardagi eng hissiyotli” deya atadi.
“Yedinaya Rossiya“ning Moskva shahar bo‘limi yetakchisi Andrey Metelskiy Mosshahar dumasiga bo‘lib o‘tgan saylovda KPRF nomzodi Sergey Savostyanovga imkoniyatni boy berdi. Savostyanov “Yedinaya Rossiya“ foydasiga ovoz berish natijalari soxtalashtirilishiga urinish bo‘lganini ma’lum qildi.
Mosshahar dumasiga o‘nlab mustaqil nomzodlar qo‘yilmadi. Ularning saylovga qo‘yilmagani Moskvada iyul va avgust oyida ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi.

 

O‘zA