DTM rasmiy telegram kanaliga ayrim soxta abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirdi

2019-yil 29-iyul – 15-avgust kunlari kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakllari boʻyicha respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari, koʻpchilik eʼtirof etayotganidek, adolatli, shaffof va belgilangan tartib asosida oʻtdi. Birgina binoga kirishda zamonaviy texnika vositalari va usullarning qoʻllanilishi shaffoflik va adolatni taʼminlash borasida keskin oldinga siljish boʻldi – deya xabar tarqatmoqda Davlat test markazi.

Maʼlumki, avvalgi yillarda qabul jarayonida abituriyent suratga tushar va uni asl abituriyentning oʻrniga “soxta abituriyent” rasmga tushishi orqali soxtalashtirish mumkin edi. Bu oʻz navbatida amaldagi tartibning qoʻpol buzilishiga olib kelar, achinarlisi, bunday holatlarni aniqlash murakkablik tugʻdirar edi.

DTM xabariga koʻra, joriy yilda oʻtgan yillar tajribalaridan kelib chiqqan holda abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazishda ularning pasport maʼlumotlari va rasmlari Ichki ishlar vazirligi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining pasport viza tizimidan olindi va test sinovlari boʻlib oʻtadigan binoga kirishda videofiksatsiya qurilmalari orqali abituriyentlarning shaxsi aniqlandi. Videofiksatsiya qurilmalari orqali tekshirilganda moslik darajasi past boʻlgan hollarda, barmoq izlarini tekshirish vositalari ishlatildi.

Bu usul soxtaliklarni aniqlashda ancha qoʻl keldi. Natijada binoga kirishga harakat qilgan koʻplab “soxta abituriyent”lar aniqlandi. Ularning barchasi belgilangan qonunchilik doirasida chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga topshirildi.

Davlat test markazi oʻzining rasmiy telegram kanaliga ayrim soxta abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirmoqda, toki bunday “hojatbaror”lar qilmishi, boshqalar uchun dars boʻlsin – deyiladi xabarda.

Rasmlarda chap tomonda abituriyentlar, oʻng tomonda abituriyentning oʻrniga test sinovlariga kirishga harakat qilgan shaxslar suratlari keltirilgan.

photo5438458650608905175.jpg

photo5438458650608905177.jpg

photo5440600056878181172.jpg

photo5440600056878181173.jpg

photo5440600056878181176.jpg

photo5440600056878181177.jpg

photo5440600056878181178.jpg

photo5440600056878181179.jpg

 

O’zA