“Tonirovka”ning yangi narxlari maʼlum

Kecha 646-sonli “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Qarorga muvofiq, “tonirovka” narxlari orqa oyna (lobovoy) uchun tekin, orqa yon oyna uchun esa quyidagicha narxlar belgilanadi:
jismoniy va yuridik shaxslarga – BHMning (bazaviy hisoblash miqdori) 10 baravari (2 mln 230 ming soʻm);
xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga – BHMning 20 baravari (4 mln 460 ming soʻm).
Ilgari bu miqdor tegishlicha jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 90 baravari, yuridik shaxslar uchun 120 baravari, xorijiy yuridik shaxslari uchun 140 baravarini tashkil etgan.
Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar):
jismoniy va yuridik shaxslarga – BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming soʻm);
xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga – BHMning 80 baravari (17 mln 840 ming soʻm).

 

OʻzA