Avval xabar berganimizdek, Tailandning Chon Buri shahrida sport kurashlari boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati bahslari qizgʻin davom etmoqda.
Bugun musobaqa dasturidan oʻrin olgan ayollar kurashi boʻyicha bellashuvlarga start berildi. Quvonarlisi, unda vazni 76 kg.gacha boʻlgan sportchilar orasida gilamga tushgan hamyurtimiz Shahribonu Elliyeva qitʼa birinchiligining kumush medaliga sazovor boʻldi. U hal qiluvchi final bahsida xitoylik raqibasiga imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa terma jamoamiz aʼzolari Chon Buri gilamlarida oltinchi medalini qoʻlga kiritdi. Bungacha yunon-rim kurashi boʻyicha oʻtgan bellashuvlarda polvonlarimiz bitta oltin, ikkitadan kumush va bronza medallariga ega chiqishgan edi.
OʻzA