Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan olingan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga shaxsga doir maʼlumotlardan noqonuniy boshqarishga qarshi kurashga qaratilgan oʻzgartishlar kiritildi.
Shaxsga doir maʼlumotlar – muayyan yoki aniq bir shaxs (shaxsiy maʼlumotlar subyekti)ga bevosita yoki bilvosita taalluqli boʻlgan va boshqa bir jismoniy yoki yuridik shaxs yoxud shaxslarga taqdim etiladigan har qanday maʼlumotlardir.
Garchi shaxsga doir maʼlumotlar konsepsiyasi eskirgan boʻlsa-da, maʼlumotlarning avtomatlashgan tahlili va aloqa tarmoqlarining rivojlanishi maʼlum bir kishi haqidagi maʼlumotlarni oʻgʻirlash, markazlashgan tarzda toʻplash va ommaviy sotish imkonini berdi. Ushbu maʼlumotlar insonni ortidan kuzatishga, unga qarshi jinoyat sodir etishni rejalashtirishga yoki begona shaxsga oʻzini boshqa deb tanishtirishga yordam beradi. Shaxsga doir maʼlumotlardan eng tinch yoʻl bilan foydalanishning usuli bu reklamadir. Garchi maʼlumotlarni tahlil qilish boʻyicha zamonaviy texnologiyalar bir insonni boshqa bir insondan farqlash imkonini bersa-da, bu maʼlumotlar – texnik emas, yuridik tushuncha hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan olingan maʼlumotlarga muvofiq, mamlakatimiz qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra, endi shaxsga doir maʼlumotlarni noqonuniy ravishda toʻplash, tartibga solish, saqlash, ularga qoʻshimcha kiritish, ulardan foydalanish, maʼlumotlarni taqdim etish, tarqatish, uzatish, egasiz qoldirish va yoʻq qilish uchun jarima solinadi. Ayni paytda bunday huquqbuzarliklarni sodir etgan fuqarolar eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha jarima toʻlashlari kerak boʻladi. Shaxsga doir maʼlumotlardan noqonuniy foydalangan mansabdor shaxslar eng kam oylik ish haqinig oʻn baravarigacha jarima toʻlaydilar.
Maʼmuriy jazo qoʻllanganidan soʻng ana shunday hatti-harakatlarni amalga oshirish eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha yoki uch yil muddatgacha maʼlum bir huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha jazoni oʻtash ishlariga jalb qilish bilan jazolanadi.
Bu kabi javobgarlik choralari 2019-yilning 1-oktyabridan boshlab kuchga kiradi.
Roman BONDARCHUK, OʻzA