O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi hamkorligi istiqbollari tahlil qilinmoqda

Xalqaro ekspertlar O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi hamkorligi istiqbollarini tahlil qilmoqda.
Bugun, 29 mart kuni Toshkentda O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi hamkorligining yangi yo‘nalishlari va mexanizmlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati o‘tkazilmoqda.
Tadbirda mamlakatimiz va Yevropa Ittifoqining akademik va tahlil markazlari ekspertlari, davlat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar ishtirok etmoqda.
Davra suhbati davomida Markaziy Osiyo ilgari surayotgan mintaqaviy va transkontinental tashabbuslar, xususan Yevropa Ittifoqining mintaqa bo‘yicha yangi strategiyasi, O‘zbekiston yuritayotgan tashqi siyosat istiqbollari kabi masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mamlakatimiz va YeIning transport aloqalari va savdo hamkorligini rivojlantirishning yangi imkoniyatlari, investitsiya bo‘yicha o‘zaro hamkorlik muammolari va ularni bartaraf etish usullari kun tartibida bo‘ladi.
Malohat Husanova
O‘zA