Oʻzbekiston Prezidenti XXR Raisiga hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Szyansu provinsiyasi Yanchen shahridagi kimyo zavodida roʻy bergan falokat oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga chuqur taʼziya bildirdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

OʻzA