14 mart voqealari qisqa satrlarda

AQSH. Mamlakat Senati AQSH─Meksika chegara devori qurilishi yuzasidan Prezident Donald Tramp tomonidan joriy etilgan favqulodda holatni bekor qilish boʻyicha rezolyutsiya qabul qildi.

Rossiya. Kaliningrad viloyati hududida Gʻarbiy koalitsiyaning 3 ta razvedka-samolyotining harakati kuzatildi.

Bryussel. BMT Bosh qarorgohida tashkil etilgan konferensiyada tashkilot Bosh kotibi oʻrinbosari Mark Loukok Idlib hududidagi vaziyat jiddiylashib borayotganidan tashkilot xavotirda ekanini maʼlum qildi.

Hindiston. Mumbay koʻchalaridagi yoʻlovchilar oʻtish yoʻlining qulashi oqibatida 16 kishi jarohatlandi.

Yangi Zelandiya. Kraystchrech shahridagi masjidlardan biriga qurollangan kishi tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida 9 kishi halok boʻldi.

 

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA