Parijda notijorat tashkilotlar Fransiya hukumati ustidan sudga daʼvo arizasi kiritdi. Ular davlatni iqlim oʻzgarishlariga aloqador masalalarda harakatsizlikda ayblamoqda.
“Yevronyus”ning aniqlik kiritishicha, shikoyat arizasi Parij maʼmuriy sudiga yoʻllangan.
Qayd etilishicha, Fransiya hukumati bilan bogʻliq shu kabi hodisa tarixda ilk bor kuzatilmoqda. Daʼvo arizasi kiritilgunga qadar hukumatga murojaat boʻyicha petitsiya uyushtirilib, uni 2 million kishi qoʻllab-quvvatlagan boʻlgan.
OʻzA