Malayziyada 111 maktab yopildi, bunga sabab oʻquvchilarning havodan zaharlanishi boʻlgan

Malayziyada 100 dan ortiq maktablar toksik chiqindilarni daryoga tashlanishi oqibatida yuzlab odamlar, jumladan, bolalarning zaharlanishidan keyin vaqtinchalik yopib qoʻyildi.

Oʻtgan haftada janubiy Johor shtatining Pasir Gudang shahri yaqinida yuk mashinasi tomonidan tashlab ketilgan chiqindilardan tarqalgan zararli gazning atrofga tarqalishi oqibatida, oʻsha atrofda yashovchi aholi orasida oshqozon ichak va koʻngil aynishi kasalliklari kuzatilgan, deya taxmin qilinmoqda.

Bernama axborot agentligining tarqatgan xabarlariga koʻra, koʻpchiligi oʻquvchilardan iborat boʻlgan 500 ga yaqin kishi zaharli havodan nafas olishi oqibatida kasalxonalarga yotqizilgan.

Ushbu tarqalgan gazning qaysi turi ekanligi hali aniqlanmagan.

Taʼlim vaziri Maszli Malik dastlab chorshanba kuni bu hududda 43 ta maktabni yopishga buyruq bergan edi, ammo keyinchalik bu koʻrsatkich ikki barobarga oshganini eʼlon qildi.

 

OʻzA