Ebolaga qarshi yangi vaksina ishlab chiqilgani ma’lum qilindi

Nyu-Yorkdagi Eynshteyn nomli tibbiyot kolleji olimlari Ebolaga qarshi yangi vaksina ishlab chiqilganini ma’lum qildi, deyiladi Daily Monitor Uganda xabarida. Eboladan sog‘aygan inson tanasidan olingan hujayralar asosida tayyorlangan vaksina bu kasallikning insonga xos uchta mikrotanasini zararsizlantira oladi.
Professor Kartik Chandran mazkur kasallikka oid “Axilles tovoni” topilganini ma’lum qildi. Ebolaga qarshi avval yaratilgan vaksina kasallikning insondagi birgina mikrotanasini zararsizlantira olardi.

 

O‘zA