Xitoylik olimlar shikastlangan suyak toʻqimalarini tiklab, oʻsishini taʼminlovchi biomahsulot yaratdi.
“Biomaterials” jurnali xabariga koʻra, Tun Lipin rahbarligidagi Xitoy fanlar akademiyasi va Syangan universiteti olimlari taqdim etgan biomahsulot yuksak fototermal sezuvchanlikka ega.
Jonivorlarda oʻtkazilgan sinov yangi mahsulot taʼsirida shikastlangan suyak toʻqimalari nisbatan tez tiklanishini koʻrsatdi. Tadqiqotchilar endi bu mahsulotni davolash amaliyotiga keng tatbiq qilishni tavsiya etmoqda.
OʻzA