Venesuela muxolifati mamlakatning neft bazalari nazoratini qoʻlga olmoqda

Chorshanba kuni Xuan Guaydo boshchiligidagi Venesuela muxolifati PDVSA davlat neft kompaniyasi nazoratini oʻz qoʻliga olgan.

Xuan Guaydo Kongressda soʻzlagan nutqida: “ertami-kechmi Maduro konstitutsiya qonunlarini buzganligi uchun sud oldida javob beradi”, deya taʼkidlagan.

Koʻplab Gʻarb davlatlari qonuniy davlat rahbari sifatida Guaydoni tan olgan boʻlsa-da, Maduro hamon davlat muassasalarini nazorat qiladi. Albatta Guaydo oʻzining muvaqqat hukumatini tuzishi uchun unga mablagʻ kerak. Buning uchun esa davlatning daromad keltiradigan sohalari boshqaruvini oʻz qoʻliga olishi zarur.

PDVSA boshqaruvini nazorat qilish va Venesuelaning qimmatbaho xorijiy aktivlarini boshqarish kabi imtiyozlarni qoʻlga kiritishning birgina yoʻli bor, u ham boʻlsa Maduroni hokimiyatdan ketkazish, deya qoʻshimcha qildi Guaydo.

 

OʻzA