Hukumatning ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 178 nafar boʻlgan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.
Bu Prezidentimizning joriy yil 28 yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimlari kiritilgan.

 

OʻzA