Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosarlari tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 yanvardagi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosarlari tayinlandi.
Sunatulla Xusanovich Bekenov Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Laziz Shavkatovich Kudratov Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Shuhrat Abdusharifovich Vafayev Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Shuhrat Vafayevga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajarish ham yuklatilgan.
Badriddin Nurutdinovich Abidov Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan tashqi savdo vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
OʻzA