Zamonaviy tamaddun haqida yangi kitob

“Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Joʻrayevning “Tamaddunga daʼvat” nomli monografiyasi nashr etildi.

Monografiyada 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi haqida soʻz yuritilgan. Mamlakatning keyingi bir necha oʻn yilliklar mobaynidagi taraqqiyotiga asos boʻladigan ushbu strategik dastur asarda zamonaviy tamaddunga daʼvat etuvchi gʻoyalar majmui sifatida eʼtirof etiladi. Monografiya sodda, ravon tilda ilmiy-publitsistik uslubda yozilgan.

Kitobdagi chuqur mantiqqa asoslangan qarashlar oʻquvchida yaxshi taassurot qoldiradi, albatta. Muallif Harakatlar strategiyasi yurtimizni modernizatsiya qilish, boshqaruvni erkinlashtirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgani, xalqaro maydonda Oʻzbekistonning oʻz soʻzi, qatʼiy xulosasi, ichki va tashqi siyosatda izchil pozitsiyasini mustahkamlashini taʼkidlaydi.

3.jpg

5.jpg
10.jpg
56.jpg

 

Mohigul Qosimova, OʻzA