Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyoti joriy etiladi

Parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini jonlantirish lozim.
Hozirgi kunda Konstitutsiyaga muvofiq parlament Bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin, vazirlarni lavozimga qoʻyishda qatnashmaydi. Shuning uchun Hukumat aʼzolari parlament oldida masʼuliyatni yetarli darajada his etayotgani yoʻq. Shu bois Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etaman, dedi Prezidentimiz.
Boʻlajak vazir parlament aʼzolari oldida sohani rivojlantirish boʻyicha oʻz dasturini himoya qilsin va unga erishish yoʻllarini asoslab bersin. Bir soʻz bilan aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin.

 

O’zA