Xoʻsh, mazkur logotip nimalarda aks ettiriladi?
Toshkent shahar hokimligida turizmni yanada rivojlantirish, turizm brendini yaratish va targʻib qilish masalalariga bagʻishlangan boshqarma rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda poytaxtning Turizm brendi sifatida Toshkent shahri yozuvi hamda manzarasi aks etgan logotip qabul qilindi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Mazkur Turizm brendi xorijiy va mahalliy turizm koʻrgazmalarida, savdo yarmarkalarida, tashkil etiladigan turli tadbirlarda, Toshkent shahri va madaniy obyektlariga yoʻnaltiruvchi yoʻl xaritalarida, gaydbuklarda, reklama banerlar va bilbordlarida, shaharning turizm salohiyatini targʻib qiluvchi video-roliklar va koʻrsatuvlarda, turizm obyektlarida va uning atrofida joylashgan savdo rastalarida sotilayotgan suvenir-sovgʻa, kiyim-boshlar, milliy mahsulotlarda aks ettiriladi.
OʻzA