“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning samarador yoʻllariga bagʻishlab oʻtkazilgan seminar-treningda Latviya Respublikasining ekspert-trenerlari Andris Yaunsleynis hamda Maris Pukislar ishtirok etdi.
Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, mutasaddi tashkilot hamda boshqarmalar vakillari ishtirok etgan tadbirda Oʻzbekiston va Latviya Respublikalari oʻrtasida oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalar, sanoat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti yoʻnalishida hamkorlikni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Latviya tajribasida iqtisodiyotni boshqarish, mamlakatga investitsiyalarni jalb etish, Yevropa ittifoqida qonunchilik mavzularida maʼlumotlar berildi.
I.Avvalboyev, OʻzA