Onlayn-auksionlarda 10 milliard soʻmlikdan ortiq boʻsh yer uchastkalari sotildi

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1382ta boʻsh yer uchastkalari 381 mlrd. 15 mln. soʻm investitsiya kiritish, 5916 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 10 mlrd. 3 mln.soʻmga sotildi.

Joriy yilning 11-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda – 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilishi belgilandi.

Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi.

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi.

Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 3493 ta boʻsh yer uchastkalari, 893 mlrd. 128 mln. soʻm investitsiya kiritish, 13656 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 28 mlrd. 981 mln.soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1382ta boʻsh yer uchastkalari 381 mlrd. 15 mln. soʻm investitsiya kiritish, 5916 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 10 mlrd. 3mlnsoʻmga sotildi.

Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2111 ta boʻsh yer uchastkalari 26 mlrd. 744 mln.800ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kundabirgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 taboʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 172 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 313 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

– Samarqand viloyatining Davlat raqobatboshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 225 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 950 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

– Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 102 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 1034 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 40 mlrd. 475 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

– Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 taboʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 110 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 7 mlrd. 775 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

– Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 28 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 411 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 39 mlrd. 680 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

– Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 111 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 470 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

– Buxoro viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 26 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 199 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 160mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

– Andijon viloyati viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 33 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 501 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd.331mln. 596 ming soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

– Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 154 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 850 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi;

– Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 28 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 366 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 14 mlrd. 900 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi;

– Sirdaryo viloyatining Davlat raqobatboshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 150 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 640 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

– Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat raqobatboshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 118 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 210 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

– Toshkent viloyati Davlat raqobatboshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 330 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 24 mlrd. 580 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 141 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 1551 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 52 mlrd. 860 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan7 mlrd. 766 mln. 141 soʻm miqdorga sotildi.

Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQIHAMDA BIZNЕSINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QOʻSHADI

 
 

“E-IJRO AUKSION”YAESMga savdoga qoʻyilgan 1 soʻmlik binolar
ROʻYXATI
 
 

photo5449746318584032199.jpg

photo5449759774716570085.jpg
photo5449759774716570086.jpg
photo5449759774716570087 (1).jpg

 

OʻzA