Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida fuqaro F.Ergashevaning “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati Navoiy viloyati filiali mansabdor shaxslarining harakatlaridan noroziligi haqidagi murojaati koʻrib chiqildi.
Aniqlanishicha, filial boshqaruvchisining 2018 yil 19 oktyabrdagi buyrugʻiga asosan F.Ergasheva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, oʻrganishda mazkur buyruq qonunga zid ekanligi aniqlanib, unga nisbatan protest keltirilgan va bekor qilinishi taʼminlangan.
Shuningdek, “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati Navoiy viloyati filiali boshqaruvchisi A.Quvonovga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 49-moddasi bilan maʼmuriy jarima jazosi qoʻllanilgan.
OʻzA