Turkiya harbiy yordam miqdorini oshirish niyatida

Qirgʻiziston Qurolli Kuchlarining Bosh shtab rahbariyati Turkiya safari bilan boʻlib turibdi.

Turkiya Qirgʻizistonga beradigan harbiy yordam miqdorini oshirish niyatida. Bu haqda Qirgʻizistonning Turkiyadagi elchisi Ibrohim Yunusov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Anqara yiliga 1 million dollar miqdorida yordam koʻrsatgan. 2019-yildan boshlab u 2 million dollargacha koʻpayadi.

 

OʻzA