Ayni paytda Moskva shahrida Rossiya Jurnalistlar uyushmasi tashkil topganining 100 yilligi keng nishonlanmoqda. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasiraisi Saʼdulla Hakimov ham ishtirok etayotir.
Uyushmadan maʼlum qilishicha, ushbu tadbir doirasida Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan Rossiya Jurnalistlar uyushmasi oʻrtasida hamkorlik kelishuvi imzolangan. Shuningdek, Polsha,JanubiyKoreya, Abxaziya, Kipr va Mongoliya Jurnalistlar uyushmalari ham shunday kelishuvga erishgan.
OʻzA