Sayyor davlat xizmatini oʻtkazish amaliyoti tadbiri fukarolarning koʻplab muammolarini joyida hal etish imkonini bermoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan, markazga kelishga imkoni boʻlmagan keksa va nogiron fuqarolarga kerakli davlat xizmatlari xanodoniga borib sayyor tartibda koʻrsatish tadbirlari oʻtkazmokda.
Joriy yilning joriy yilning 7 noyabr kuni davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi “Nurlы keleshek” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 88-uy manzilida 1935-yil tugʻilgan 83 yoshni qarshilagan Xudoyor ota Kurbanniyazovga oʻz oila aʼzolari bilan yashab kelayotgan xonadoniga mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha sayyor davlat xizmati koʻrsatildi.
Xudoyor ota Kurbanniyazov oʻz xonadonida oilasi bilan 25 yil davomida yashab kelayotgan edi.
Mahmud Abdullayev II guruh nogironi, 24 yil davomida “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi”da elektr texnik xodim boʻlib ishlagan. Fuqaro oʻz uy joyini qurishda tegishli ruxsatnoma olmasdan noqonuniy qurilganini bilishi, oʻz mulkiga huquqiy jihatidan egalik qilish uchun bundan ikki uch yillar oldin bir necha bor hokimlikka ham qatnaganini, ammo natijasi boʻlmaganini taʼkidlab, keyinchalik bu ishlar qolib ketganligini taʼkidladi.
— Bugun mana Davlat xizmatlari markazi xodimlari oʻzlari kelib holimizdan xabar olib, koʻp yillardan buyon oʻzining yechimini topmasdan turgan muammolarimizni ijobiy hal qilinishida koʻrsatayotgan xizmatlaridan xursandmiz, bugungidek sharoit va imkoniyatlar uchun Yurtboshimizdan minnatdormiz – deydi Mahmud Abdullayev.
Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan uyma-uy yurgan holda targʻibot ishlari olib borilib, 100 dan ortiq maʼlumotlar oddiy qilib ifodalangan huquqiy axborot beruvchi oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha tayyorlangan maxsus bukletlar tarqatildi.
Targʻibot ishlarining bir kunining oʻzidayoq mazkur “Nurlы keleshek” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan 16 ta oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha arizalar qabul qilib olindi.
Davlat xizmatlari markazlari xodimlari targʻibot ishlari davomida jismoniy nuqsoni bor insonlarning xonadonlariga borib xizmat koʻrsatilmoqda.
A.Orazimbetov, Taxiatosh tumani
Davlat xizmatlari markazi
boʻlim boshligʻi
O’zA