Endi xitoy tilini oʻrganish yanada osonlashadi3.jpgMamlakatimizda chet tillarini mukammal oʻrgangan yigit-qizlar safi yil sayin ortib bormoqda. Ularning xalqaro koʻlamda ilm olishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirish, xorijiy tillarni bilish darajasini yuksaltirishga davlat siyosati darajasida qaralmoqda.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Xitoyning Pekin chet tillar universiteti doktoranti Jasur Yoqubov ham shunday iqtidorli yigitlardan. Uning xitoy va oʻzbek tillariga oid tadqiqotlari boʻyicha bugungacha erishgan yutuqlari barcha yoshlarga oʻrnakdir.

Joriy yilning 7-9 noyabr kunlari Xitoyda oʻtkazilgan “Xitoy tilini oʻqitish va tadqiq qilish“ mavzusidagi XIII xalqaro konferensiya va Pekin universitetining xitoy tili I xalqaro forumida yosh olim “Boshlangʻich daraja guruhlari uchun moʻljallangan xitoycha-oʻzbekcha pedagogik lugʻatidagi morfoleksema va soʻzlar tasnifi, ularning grammatik belgilari” deb nomlangan maqolasi bilan qatnashdi. Mazkur xalqaro tadbirda dunyoning 30 dan ortiq malakali mutaxassislari tomonidan Jasur Yoqubovning ilmiy ishi “Eng innovatsion maqola” deya eʼtirof etildi. Tadbir tashkilotchilari tomonidan hamyurtimiz maqolasi maxsus toʻplamga kiritilib, diplom va esdalik sovgʻa bilan taqdirlandi.

Ayni paytda Jasur Yoqubov Pekin chet tillar universiteti professori Chen Gouxuan rahbarligida “Boshlangʻich daraja guruhlari uchun moʻljallangan xitoycha-oʻzbekcha pedagogik lugʻatining tadkiqi va tuzilishi” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

2.jpg

A.Musayev, OʻzA