Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi

“Sogʻlom turmush tarzini yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlari faolligini oshirish, uning natijalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni qoʻllab-quvvatlash” mavzusida davlat granti qoʻshimcha tanlovini
EʼLON QILADI
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirishni nazarda tutgan loyihalari qabul qilinadi:
1. Aholining keng qatlamlarini (nuroniylar, yoshlar, ayollar va boshqalar) jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish.
2. Mahallalarda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga shart-sharoit yaratish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga koʻmaklashish.
3. Yoshlarning uyushmagan qatlamlarini turli sport toʻgaraklariga, sport musobaqalariga jalb qilish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.
4. Togʻli, uzoq va chegara hududlarida aholining jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishiga keng shart-sharoit yaratish.
5. Sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalari, mahalla hamda oilaning oʻzaro hamkorligini kuchaytirish.
6. Davlat organlari bilan hamkorlikda mahallalarda turli sport toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ehtiyojmand oilalar vakillarining muntazam jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishini taʼminlash.
7. Sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan koʻrgazmali materiallarni ishlab chiqishda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish.
8. Mahallalarda turli yoʻnalishlarda sport va xalq oʻyinlari musobaqalarini tashkil etish.
9. Imkoniyati cheklangan yoshlarning sport bilan shugʻullanishida turli sport sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari faolligini qoʻllab-quvvatlash.
10. Sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda ommaviy axborot vositalarining roli va ahamiyatini kuchaytirish.
11. Mahallalarda xalqaro musobaqalar gʻoliblari, respublika chempionlari va sport ustalari ishtirokida turli maʼnaviy tadbirlar tashkil qilish.
Davlat granti tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.
2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.
3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Ustav (Nizomi) hamda guvohnomaning muhr bilan tasdiqlangan nusxasi.
4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.
5. Manfaatdor davlat va yirik jamoat tashkilotlari bilan tuzilgan ijtimoiy sheriklik qoʻshma rejalari ilova qilinishi mumkin.
Bitta loyiha uchun davlat granti miqdori 30 million soʻmgacha.
Hujjatlar 2018 yil 26 oktyabrdan 28 noyabrgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar “Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi” nomiga:
100163, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uy manziliga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 formatda) yuborilishi shart.
Hujjatlar namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

 

O’zA