Baliqchilikka ixtisoslashgan uchta yirik zavod ishga tushiriladi

Saudiya Arabistonining “Al Hidaya Global Company LID”Al Hidaya Global Company LID”” kompaniyasi ishbilarmonlari Sirdaryo viloyatida boʻlib, baliq yetishtirish, mahsulotni eksport qilish istiqbollari bilan tanishdi.

Jahondagi yirik baliqchilik komplekslaridan biri boʻlgan mazkur kompaniya baliq tuxumi, chavogʻi, sifatli baliq yetishtirish va uni eksportga yoʻnaltirish bilan shugʻullanadi.

Viloyat hokimligida Solih Salim Baxvani boshchiligida ushbu mamlakatdan kelgan ishbilarmonlarning yurtimizdagi soha vakillari, tadbirkorlar bilan muloqoti boʻlib oʻtdi.

Hamkorlik kelishuviga koʻra, yaqin istiqbolda investorlar tomonidan 300 million dollarlik sarmoya kiritilishi hisobiga Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida baliqchilikka ixtisoslashgan 3 ta yirik zavod ishga tushiriladi.

Qizil baliqni koʻpaytirish va sotishga yoʻnaltirilgan baliqchilik klasteri tashkil etilib, 1000 dan ziyod ish oʻrni yaratiladi.

5.JPG
6.JPG
8.JPG

 

Furqat Toshmatov (surat), OʻzA