Sentyabr oyida narx-navo koʻtarildimi?..

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tahlillarini eʼlon qildi. 
Sentyabr oyida isteʼmol bozorida narx oʻrtacha 1,8 %ga koʻtarildi. Umumiy hisobda 9 oy davomida isteʼmol sektorida inflyatsiya darajasi 8,1 %ni tashkil etdi.
2017 yil oxiriga nisbatan tovarlar narxi oʻrtacha 7,4 %ga, xizmatlar 10,1 %ga qimmatlashdi.
Yillik inflyatsiya talhili shuni koʻrsatmoqdaki, (joriy oyda oʻtgan yilning mos oyiga nisbatan), joriy yilning yanvaridan avgust oyiga qadar inflyatsiya darajasi bosqichma-bosqich pasayish tendensiyasiga ega boʻlgan. Sentyabr oyida yillik inflyatsiya darajasi oʻsish suratiga qaramay, joriy yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan yuqori boʻlmadi.

 

OʻzA