Maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiya qilinadigan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati yangilandi

Dunyoning yetakchi reyting agentliklari tomonidan eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari reytinglari yangilanganligini inobatga olib, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan yangi TOP-500 talik OTMlar roʻyxati shakllantirildi, deya xabar bermoqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rasmiy sayti. 
Yangilangan roʻyxatga asosan maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiya qilinadigan Qozogʻiston oliy taʼlim muassasalari 4 tadan 5 taga, Rossiya Federatsiyasi oliy taʼlim muassasalari esa 13 tadan 15 taga oshdi.

 

I.Ahatova, OʻzA