Olamni, odamni maʼnaviy inqirozdan asrab qolishning chorasi bormi?

“Targʻibotchilarga yordamchi” loyihasi doirasida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida taqdimoti oʻtkazilayotgan Narzulla Joʻrayevning “Maʼnaviyat odam va olam xaloskori” nomli risolasi bir qarashdayoq oʻquvchi eʼtiborini tortadi. 
Tobora murakkablashib, maʼnaviy inqirozlar kuchayib, tuygʻular yemirilishi kuzatilayotgan asrimizda inson beixtiyor undan madad kutadi. Olamni, odamni maʼnaviy inqirozdan asrab qolishning chorasini topgandek quvonib ketadi.
– Bugun maʼnaviyat va maʼrifat masalalari yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim omili va zarur ehtiyoji sifatida davlat siyosati darajasiga olib chiqildi, – deydi kitob muallifi Narzulla Joʻrayev. – Ushbu risolada ayni dolzarb muammolarga muvofiq tarixan shu makonda yashab kelgan xalq turmush tarzi, ruhiyati, anʼanalari, urf-odatlari, tarixiy va madaniy meʼrosi asosida tarbiya topgan mustaqillik davri fuqarosini shakllantirish, uni zamonaviy sivilizatsiya yutuqlaridan xabardor qilish, maʼnaviy olamini boyitishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining maʼnaviyat strategiyasi tahlil qilingan…
Mazkur risola maʼnaviy-maʼrifiy ishlar uchun masʼullar, ota-onalar, oʻqituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyachilar va tarbiya masalalari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA