Onlayn: PEFAning mamlakatimizdagi guruhi rahbari Patrik Uma Tet Toshkentga kelish maqsadini aytdi

– Toshkentda oʻtkazilayotgan bugungi tadbir guruhimiz uchun foydali boʻlmoqda. Aytish joizki, 2005 yilgi dastlabki baholashlardan buyon PEFA uslubiyoti 150 mamlakatda 500 marotaba qoʻllanilgan. Davlat moliyasini boshqarishni baholashda tan olingan standart boʻlgan mazkur metodologiya 40 mingdan ortiq individul ishlab chiqarish koʻrsatkichlaridan iborat yirik hajmdagi maʼlumotlarni jamlaydi.
Biz oxirgi safar PEFA baholash metodologiyasi boʻyicha Gruziya davlatining moliyaviy jarayonini baholashdan oʻtgazganmiz. U yerda tez va qisqa muddat xulosa bergan edik. Mana endi shu maqsadda yurtingizga tashrif buyurdik. Maqsadimiz tezkorlikda davlat moliyasini boshqarish samaradorligini baholashdan oʻtkazish va yakuniy xulosa berishdir. Eʼtiborli jihati shundaki, guruhimiz ishida oʻzbekistonlik vakillar ham qatnashadi, – dedi PEFAning mamlakatimizdagi guruhi rahbari Patrik Uma Tet.

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA