Kanallarda zamonaviy kuzatuv tizimi joriy etiladi

Tuyamoʻyin suv ombori, Ellikqalʼa va Boʻston kanallarida zamonaviy kuzatuv va boshqaruv tizimi joriy etiladi
Suv xoʻjaligi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning joriy etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan suv xoʻjaligi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr xizmatida suv sarfi va boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini yaratish uchun maxsus server, katta videoekran (multi displey), zamonaviy kompyuter, plotter, proyektor, printer va boshqa uskunalar bilan jihozlanadi.
Endilikda Tuyamoʻyin suv ombori, Ellikqalʼa va Boʻston kanallarida Jahon banki mablagʻlari hisobidan zamonaviy kuzatuv va boshqaruv tizimi oʻrnatiladi.
BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti dasturlari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, suv resurslaridan foydalanish va ularni boshqarish, shuningdek, suv xoʻjaligi inshootlaridan foydalanishda zamonaviy mobil ilovalar va veb-sahifalardan foydalaniladi.

 

OʻzA