Bugun Oʻzbekiston hamda Eron milliy terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Bu Oʻzbekiston milliy terma jamoasining argentinalik mutaxassis Ektor Kuper qoʻl ostidagi ikkinchi oʻyinidir.
Bugun terma jamoamiz maydonga oq, Eron esa qizil rangli kiyimda chiqadi. Oʻrtoqlik oʻyini Toshkentdagi “Milliy” stadionida soat 20:00 da boshlanadi.
Oʻrtoqlik oʻyini
11-sentabr, soat 20:00, Toshkent
Oʻzbekiston – Eron
Hakamlar: Dmitriy Mashinsev, Bahodir Qoʻchqorov va Ismoil Tolibjonov (Barchasi Qirgʻizistondan).
O’zA