Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarida oʻzbek chavandozlari ilk marotaba ikkinchi oʻrinni egalladi

Avval xabar berilganidek, Koʻpkari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqaning yarim finalida ushbu sport turi boʻyicha jahon chempioni boʻlgan Qozogʻiston jamoasini magʻlubiyatga uchratib, final bosqichga yoʻllanma olgan edi. Finalda Qirgʻiziston jamoasi chavandozlarimizni ortda qoldirdi.

Yarim finalda Oʻzbekiston terma jamoasi Qozogʻiston jamoasini 5:4 hisobida magʻlub etdi. Yarim finalda terma jamoamiz tarkibida Janiqul Umarov, Obid Haydarov, Ixtiyor Tolipov, Sherali Bekqulov, Kamoliddin Usmonov, Uvaysxoʻja Useinov, Mirsidiq Mirqidirov, Izbosar Azimov, Zohidjon Bukaboyev, Zamon Toʻymebekov, Salim Sobirova va Umid Xolturayevlar ishtirok etdi.

Musobaqaning final bosqichida milliy terma jamoamiz Qozogʻiston jamoasiga 32:9 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunday qilib, Qirgʻiziston jamoasi Butunjahon koʻchmanchilar oʻyini chempioni boʻldi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston jamoasi kumush, Qozogʻiston jamoasi bronza medali sohibi boʻldi. Uchinchi oʻrin Rossiya jamoasiga nasib etdi.

Navbatdagi koʻpkari oʻyinlari Turkiyada boʻlib oʻtadi.

 

Ablay Kamolov, OʻzA