O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2017-yil 9-10-sentabr kunlari Qozog‘istonga tashrif buyuradi va Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida ishtirok etadi.

Davlatimiz rahbari tashrif doirasida Ostona shahrida “EXPO-2017” xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etishi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

 

O‘zA