Oʻzbekistonda muzey eksponatlarining raqamli shakllari yaratiladi

Prezidentning-2018-yil 26-avgustda “Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʻat sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Muzeylar renovatsiya dasturi eksperiment sifatida amalga oshiriladi.
 
Dastur quyidaglarni nazarda tutadi:
oʻzini oʻzi taʻminlash prinsipiga asoslangan muzeylarni moliyalashtirish modelini joriy etish;
“smart”-texnologiyalarni (axborot doʻkonchalari, 3D vizualizatsiya va gologramma, QR-kodlar, chet tillaridagi elektron gidlar va hokazolarni) joriy etish;
Internet tarmogʻidan foydalangan holda muzey eksponatlarining raqamli shakllarini yaratish orqali muzey eksponatlarini koʻrish imkonini beradigan infratuzilmani yaratish;
muzeylarning ijtimoiy makonga toʻliq integratsiyalashuvini taʻminlash;
muzeylarda imkoniyatlari cheklangan shaxslar, keksa yoshdagi tashrif buyuruvchilar, maktabgacha yoshdagi bolalar va ularga hamrohlik qilayotgan shaxslarga xizmat koʻrsatish va qulaylik yaratishning inklyuziv uslublaridan keng foydalanish;
muzeylarda akademik tadqiqotlarni rivojlantirish.
Renovatsiya dasturi Oʻzbekiston amaliy sanʻat muzeyida (Toshkent shahri), I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat sanʻat muzeyida (Nukus shahri) va Oybekning uy-muzeyida (Toshkent shahri) amalga oshiriladi.

 

OʻzA