O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2018 yil 24 avgust kuni tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.
Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tadigan OQXJ sammitida global iqlim o‘zgarishi sharoitida Orol dengizi havzasining ekologik ahvolini yaxshilashda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Majlis yakuni bo‘yicha Davlat rahbarlari kengashining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi kutilmoqda.
O‘zA