O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016 yil 2 maydagi 132-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016 yil 2 maydagi 132-son qaroriga:
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim tashkilotlari oshxonalarini tadbirkorlik sub’ektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga berish;
“online-ijara.uz” axborot tizimi orqali ta’lim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish;
ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi.
O‘zA