O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha talablar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Organik mahsulotlar va xom ashyolar hamda organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020 yil 18 noyabrdagi 729-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining “Organik mahsulotlar va xom ashyolar hamda organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020 yil 18 noyabrdagi 729-son qaroriga:
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Vazirlar Mahkamasi huzuriga o‘tkazilganligi munosabati bilan uning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish;
Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni yangi tahrirda bayon etish;
Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Qaror 2025 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zA