Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Birlashgan Arab Amirliklarida davlat rasmiylari hamda yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazyapti.
Muzokaralarda energetika, infratuzilma, sun’iy intellekt sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalari to‘plamini boyitish imkoniyati va ikki tomonlama munosabatni mustahkamlashga oid boshqa masalalar ko‘rib chiqilyapti.
Masalan, transport-logistika, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, infratuzilma yo‘nalishlaridagi qator kompaniyalar rahbarlari bilan muloqot chog‘ida aloqalarni kengaytirishga kelishib olindi. Davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida qator yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyati muhokama qilindi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA