– Turkiya yillar davomida orzu qilgan ishni prezident Rejep Tayyip Erdog‘an “do‘stona yo‘l bilan” amalga oshirdi, -deya fikr bildirgan AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya Suriyaning sobiq rahbari Bashar al-Asadni hokimiyatdan ag‘dargan “jangarilarni” nazorat qilmoqda.

–Turkiya asosiy kuchdir. Erdog‘an bilan yaxshi munosabatdamiz, lekin tan olish kerakki, u katta harbiy kuchga ega qudratli armiya yaratgan, -dedi Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan keyingi ilk matbuot anjumanida.

Musulmon Ziyo, O‘zA