FOTOREPORTAJ

Shu kunlarda yurtimizning barcha go‘shalarida bayram shukuhi hukmron. Oppoq qorning beg‘uborligini o‘zida mujassam etgan Yangi yil eshik qoqmoqda. Poyoniga yetayotgan yilni kuzatib, yangisini qarshi olish o‘ziga xos shodiyonaga aylangan. Ushbu bayram xotiralarimizga ulkan orzularni, hayrat va mo‘’jizalarni, olam-olam quvonchni muhrlagan. Yillarni ortda qoldirib, ulg‘aysakda, biz bu bayramni sog‘inamiz, orziqib kutamiz.

Ma’lum qilinishicha, Yangi yilning asosiy bayram tantanalari bu gal ham poytaxtimizning Istiqlol ko‘chasida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining old maydonida tashkil etiladi. Hozirda maskanda bayramni yuksak saviyada o‘tkazish, tashrif buyuruvchilarga xush kayfiyat ulashish uchun qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Maydonga bayramning ulkan Bosh archasi o‘rnatilib, turfa o‘yinchog‘u turli rangdagi chiroqlar bilan bezatilayotir. Tantana joyi bayramga mos ko‘rinishga keltirilmoqda. Badiiy dasturlar, sahnalashtirilgan tomoshalar, bayram yarmarkalari uchun joy hozirlanayotir.

Bu yerda bayram tantanalari 25 dekabrdan boshlanib, 10 yanvarga qadar davom etadi.

Shuningdek, poytaxtning yana bir qator bog‘ va xiyobonlarida ham bayram shodiyonalari o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu manzillar, tadbir o‘tadigan kunlar va vaqti bilan tanishishingiz mumkin: 

Bektemir tumani: Food City majmuasi — 25 dekabr—10 yanvar, soat 13:00 — 19:00;

Mirobod tumani: “Furqat” bog‘i — 25 dekabr—10 yanvar, soat 13:00 — 19:00;

Mirzo Ulug‘bek tumani: Markaziy bog‘i — 25 dekabr—10 yanvar, soat 11:00 — 22:00;

Sergeli tumani: Tuman markaziy xiyoboni — 25 dekabr—10 yanvar, soat 13:00 — 19:00;

Olmazor tumani: Talabalar shaharchasi — 25 dekabr—10 yanvar, soat 13:00 — 19:00;

Shayxontohur tumani: “Anhor Lokomotiv” bog‘i — 25 dekabr—10 yanvar, soat 11:00 — 22:00;

Shayxontohur tumani: “Tashkent City” bog‘i — 25 dekabr—10 yanvar, soat 11:00 — 22:00;

Uchtepa tumani: “Seul” Eko-bog‘i — 25 dekabr—10 yanvar, soat 13:00 — 19:00;

Chilonzor tumani: “G‘ofur G‘ulom” nomidagi istirohat bog‘i — 25 dekabr—10 yanvar, soat 11:00 — 22:00;

Chilonzor tumani: “Humo Arena” muz saroyi old maydoni — 25 dekabr—10 yanvar, soat 11:00 — 22:00;

Chilonzor tumani: “Magic City” bog‘i — 25 dekabr—10 yanvar, soat 11:00 — 22:00;

Yakkasaroy tumani: Next savdo majmuasi — 25 dekabr—10 yanvar, soat 13:00 — 19:00;

Yashnobod tumani: “Ashhobod” sayilgohi — 25 dekabr—10 yanvar, soat 11:00 — 20:00;

Yangihayot tumani: “Mehrigiyo” 24/7 savdo va xizmat ko‘rsatish ko‘chasi maydoni — 25 dekabr—10 yanvar, soat 13:00 — 19:00;

Kamola Yusupova, Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA