Rossiyaga ketmoqchi edim, fikrimdan qaytdim...

– O‘tgan yili kollejni bitirdim. Bir yil ishsiz yurdim. Shu sabab Rossiyaga ishlagani ketmoqchi bo‘lib yurgan edim. “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi bo‘yicha tumandan ishchi guruh keldi va menga tadbirkorlik qilishda moddiy yordam berilishini bildirdi. Shundan so‘ng chet elga ketish fikridan qaytdim. Ochig‘i, bu tashabbus va imkoniyat meni juda xursand qildi. Endilikda 50 million so‘m kredit olib, o‘zim bilan yana ikki do‘stimni ish bilan ta’minlamoqchiman“, – deydi Shahzod.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, o‘rganishlar natijasida Amudaryo tumanida istiqomat qiluvchi Shahzod Azatbayev o‘z qishlog‘ida xizmat ko‘rsatish shoxobchasini tashkil etadigan bo‘ldi.
“Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘istondagi barcha tuman va shaharlarda uyma-uy yurib, yoshlarning muammo va takliflari o‘rganilmoqda.

 

O‘zA