Milliy terma jamoamiz yangi Bosh murabbiyi argentinalik mutaxassis Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Mutaxassis o‘z taktikasi haqidagi savolga hozircha javob berolmasligini aytdi.
“Albatta, hozir men bir narsa deya olmayman. Chunki meni taktikalarimga futbolchilar mos kelmasa qiyin bo‘ladi”, dedi Kuper.
E.Kuper agar terma jamoa jahon chempionatiga chiqa olmasa, shartnoma bir yilgacha ham bormasligini aytdi. Asosiy maqsad – terma bilan jahon chempionatiga borish ekanini bildirdi.
“O‘zbekiston termasidan tushgan taklifga roziligingiz uchun qancha vaqt kerak bo‘ldi va qaysi jihatlar roziligingizga sabab bo‘ldi?”, degan savolga Kuper shunday javob qaytardi:
“Birinchisi, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning Osiyo chempioni bo‘lgani. Natijali joyda ishlayman. Avval ham aytganimdek, Milliy termada tartibli jamoa tuzish niyatidaman. Ayrim o‘zgartishlar bilan jamoani o‘zgartirsa bo‘ladi ya’ni psixologik jihatlar bilan. Sabr qilsak hammasiga erishamiz. Ortiqcha va’da bermayman. Quruq va’dadan foyda yo‘q”.
Matbuot anjumani nihoyasiga yetdi. Endi jarayonni kuzatib boramiz. Haqiqatdan buni vaqt ko‘rsatadi. Uza.uz saytini kuzatib boring, Sizga eng so‘nggi va muhim yangiliklarni taqdim etishni davom etamiz!
Shohruh No‘monov, Muhammad Amin (surat) O‘zA