FUTBOL: Ektor Kuper uch nafar yordamchisi bilan kelyapti

Futbol bo‘yicha bugunning mavzusi argentinalik mutaxassis Ektor Kuperning Toshkentga kelishi va O‘zbekiston milliy terma jamoasini o‘z qo‘liga olishi bo‘ldi, desak mubolag‘a emas.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining xabar berishicha, yangi murabbiy yurtimizga bir o‘zi emas, balki ikki nafar yordamchisi bilan tashrif buyurmoqda. Bular 56 yoshli argentinalik Xose Karlos Fantagussi, 37 yoshli gretsiyalik Antonio Sarioglu va 36 yoshli misrlik Mahmud Fayoz Muhammad Shudaf.
Yangi kelishuv rejasida Ektor Kuper faqatgina milliy terma jamoa bilan cheklanib qolmasdan, barcha yoshdagi terma jamoalar bilan parallel ish olib borishi, ulardagi milliy terma jamoaga nomzod futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatlaridan muntazam xabardor bo‘lishi kabi vazifalar ham o‘rin olgan. Bu yo‘lda esa unga yuqorida nomlari qayd etilgan yordamchilar ko‘maklashishi ko‘zda tutilmoqda.

 

O’zA